Bu yil OTMga kirish imtihonlari qayerda o‘tkazilishi aytildi

Jamiyat

image

Bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari Respublika maxsus komissiyasining alohida cheklovlari bo‘lmasa, yopiq binolarda o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi vakili O‘zAga ma’lum qildi.

“Xabaringiz bor, o‘tgan yili test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazildi. Bu yil qayerda o‘tkaziladi degan savolga kelsak, biz shu vaqtga qadar ikkita ssenariy ustida ish olib bordik: ochiq maydonlar va yopiq binolarda o‘tkazish bo‘yicha.

Agar Davlat komissiyasining yoki Respublika maxsus komissiyasining cheklovlari bo‘lmasa, tayyorgarlik yopiq binoda o‘tkazilishi uchun olib borilyapti”, deydi DTM vakili.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil ham abituriyentlar suv va ruchkalar bilan ta’minlanadi. Hisob-kitob talab etiladigan fanlar uchun savollarning oralig‘ida yozishga joy qoldiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

DTM

Baholaganlar

374

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing