Ugandada o‘g‘rilik paytida futbolchi vafot etdi

Sport

image

Ugandaning eng ko‘p sovrin yutgan klublaridan biri – “Villa” jamoasi sardori David Ovori Kampala shahridagi uyi yaqinida sodir bo‘lgan hujum oqibatida vafot etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi uning mobil telefoni va boshqa shaxsiy buyumlarini tortib olmoqchi bo‘lgan bir guruh qaroqchilarga qarshilik ko‘rsatgan. Shu paytda jinoyatchilar uni toshbo‘ron qilib, voqea joyidan qochib ketgan.

Og‘ir jarohat olgan Ovori dastlab yaqin atrofdagi klinikaga, keyin esa xususiy shifoxonaga olib borilgan. Biroq u ertasi kuni olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Uganda futbol federatsiyasi (FUFA) David Ovorini “maydonda ham, maydon tashqarisida ham haqiqiy yetakchi” sifatida ta’riflab, uning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

Ma’lumot uchun, futbolchi faoliyatining katta qismini o‘z yurtida o‘tkazgan. Shuningdek, u Shvetsiya va Ispaniya quyi divizion klublarida ham to‘p surgan. Ovori Uganda yoshlar terma jamoasiga jalb etilgan, 2021 yilgi Afrika millatlar kubogi saralashi uchun kengaytirilgan tarkibga kiritilgan bo‘lsa-da, milliy terma jamoaning asosiy tarkibida rasmiy o‘yin o‘tkazmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing