Ispaniyada futbolçi raqib bilan töqnaşuvdan söng vafot etdi (video)
Sport
−
15:16 804 2 daqiqa
Ispaniya çempionatining ikkinçi divizionida iştirok etuvçi “Tenerife” klubi hujumçisi Xesus de Migel raqibga qarşi jiddiy töqnaşuvdan söng vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Çuqur qayğu va bu voqea haqiqat ekaniga işonolmagan holda “Tenerife” futbol klubi 2026 yil 3 noyabr kuni Xesus de Migel Alamedaning fojiali vafot etganini e’lon qiladi. Yupatuvçi sözlar yöq – bu çuqur qayğuni heç narsa yengillaştira olmaydi. Biz bugun uşbu dahşatli fojia tufayli motam tutayotgan uning qayğuga botgan oilasi, yaqinlari va “Tenerife” muxlislari bilan birgamiz”, deyiladi klub bayonotida.
Eslatib ötamiz, futbolçi keça, 2 noyabr kuni bölib ötgan uçraşuvda “Andorra” darvozaboni Xesus Ovono bilan töqnaşib ketgandi. Hodisa oqibatida uning yuragi töxtab qolgan. De Migel maydonda bir neça daqiqa davomida tibbiy yordam olgan, keyin esa şifoxonaga olib ketilgan. Körsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay futbolçining hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.
Ma’lumot uçun, Xesus de Migel 2025 yildan buyon “Tenerife” safida öynab kelayotgandi. U faoliyati davomida “Kastelon”, “Unionistas” va “Fuenlabrada” klublarida ham töp surgan.
Live
Barchasi