UFC sobiq jangchisi politsiya tomonidan hibsga olindi
Sport
−
20 dekabr 2021
4088UFC sobiq jangchisi Cheyl Sonnen AQSHning Las-Vegas shahridagi mehmonxonada noma’lum erkakni kaltaklagani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olindi.
Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Sonnen uning yonidan o‘tib ketayotgan er-xotinga tashlangan. Jangchi erkak bilan janjallashib qolgan, shundan so‘ng ayol qichqira boshlagan va atrofdagilardan biri politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan, bu esa Sonnenning hibsga olinishiga sabab bo‘lgan. Cheyl qo‘liga kishan solingan holda mehmonxonadan olib chiqib ketilgan.
Ma’lumot uchun, 44 yoshli Sonnen o‘zining so‘nggi jangini 2019 yilning iyun oyida “Bellator 222”da Lyoto Machidaga qarshi o‘tkazib, ikkinchi raundda texnik nokaut bilan imkoniyatni boy bergan edi. U MMA’dagi faoliyati davomida 49 ta jang o‘tkazib, 31 g‘alaba, 17 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.