UFC: sobiq chempion Aleksga raqib bo‘lishga tayyor
Sport
−
08 yanvar 2022
3109Avvalroq, yarim yengil vaznda UFC chempioni Aleksandr Volkanovski va sobiq chempion Maks Xollouey o‘rtasidagi trilogiya Maksning jarohati sabab bekor qilingani haqida xabar bergan edik.
Erkin kurash bo‘yicha ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni va erkin kurash bo‘yicha Pekin Olimpiadasi chempioni Genri Sexudo o‘z Twitter sahifasida Volkanovskiga qarshi jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi va Xolloueyni almashtirish taklifi bilan tashkilot rahbari Dana Uaytga murojaat yo‘lladi.
“Uch karra chempion yordam berishga shoshilmoqda. Dana Uayt, sizda mening telefon raqamim bor. Oyog‘ingizni qo‘lingizga oling”, deya yozgan Sexudo.
Eslatib o‘tamiz, UFC 272 turniri joriy yilning 5 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tkaziladi. Agar Volkanovskiga raqib topilmasa, rossiyalik Petr Yan va amerikalik Aljameyn Sterling o‘rtasidagi super yengil vazn chempionligi uchun bahs oqshomning markaziy jangi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Sexudo so‘nggi jangini 2020 yil 9 may kuni UFC 249 turniri doirasida o‘tkazgan va Dominik Kruzni texnik nokautga uchratgan. Shundan so‘ng, eng yengil va super yengil vazn toifasidagi chempionlik kamarlaridan voz kechib, faoliyatini yakunlagan.
LiveBarchasi