UFC Ro‘ziboyevning navbatdagi jangini rasman tasdiqladi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini braziliyalik Kayo Borraloga qarshi o‘tkazadi. Promoushen matbuot xizmati buni tasdiqlovchi rasmiy posterni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik UFC jangchisi joriy yilning 4 noyabr kuni Braziliyaning San-Paulo shahrida joylashgan “Ibirapuera Gymnasium” majmuasida navbatdagi UFC Fight Night musobaqasida oktagonga ko‘tariladi. O‘sha kuni unga mahalliy sportchi Kayo Borralo raqiblik qiladi. Mazkur jang orqali Nursulton boshqa bir o‘zbekistonlik jangchi uchun revansh olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Ro‘ziboyev bunga qadar 43 marta oktagonga ko‘tarilib, 35 ta jangida g‘alaba qozongan, 8 ta bahsda esa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Uning UFC'dagi natijasi 1-0 va Ro‘ziboyev ham promoushendagi ilk jangida braziliyalik MMA'chi Bruno Ferreyra bilan jang qilib, uni nokautga uchratgan edi. Kayo Borralo esa faoliyati davomida 15 ta jangda qatnashib, 14 marta g‘alabaga erishgan va 1 marta imkoniyatni boy bergan. Borralo UFC'da 4 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Kayo Borral'o Ro'ziboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing