UFC prezidenti Pol bilan janglarga ruxsat bermasligini ma’lum qildi

Sport

jeyk

Avvalroq, YouTube blogeri Jeyk Pol UFC sobiq chempioni Tayron Vudli ustidan g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edik.

Shundan so‘ng, Pol tashkilotning boshqa jangchilariga qarshi ringga ko‘tarilmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi. Qo‘shimchasiga uning prezidenti Dana Uaytni giyohvand moddalarni iste’mol qilishda ayblagan. 

Dana Uayt ayblovlarga va blogerning gaplariga javob qaytardi.

“Jeyk Polga taklifim bor. Bu yigit doim meni kokaindan foydalanishda ayblaydi. U so‘nggi 10 yillik uchun istalgan vaqtda meni doping testdan o‘tkazishi mumkin. Uning chaqiruvini qabul qilmayman. UFC bilan amaldagi shartnomasi bo‘lgan jangchilarga esa Pollarga qarshi boks jangiga ruxsat berilmaydi”, deydi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, UFC prezidenti irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor nima uchun yoqimtoyga aylangani haqida fikr bildirgan edi.    
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dana Uayt Jeyk Pol

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing