Kurs UZS

USD

12 880.00

19.91

EUR

13 507.26

-8.69

RUB

124.01

0.37

Konor qanday qilib UFC prezidentining yoqimtoyiga aylangani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor haqida gapirdi. Uning fikricha, Konor har qanday raqibga qarshi jang qilishi mumkin bo‘lgan.

“Ishoning, men minglab jangchilar bilan uchrashdim. Ko‘pchilik mendan janga tayyorlanish uchun vaqt so‘raydi. 2015 yilda Joze Aldo raqib topib berishni so‘rab murojaat qildi. Unga Konorni ro‘baro‘ qildim. So‘ngra Neyt Diaz ham shunday dedi. “Notorius” o‘zidan yuqori vazn toifasida jang qilishga rozi bo‘ldi va uni Diazga qarshi oktagonga taklif qildim. Tasavvur qilyapsizmi, yarimo‘rta vazn toifasida. Konor Makgregor tashkilotga kelgan kunidan beri shunday. U o‘ziga xos xarakterga ega”, deydi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Makgregor hech qanday musobaqalarda qatnashmayapti. Chunki u joriy yilning 11 iyul kuni o‘tkazilgan UFC 264 turnirida Dastin Pore bilan jang qilgan va birinchi raund oxirida noqulay tarzda oyog‘ini sindirib olgan edi. Dastin esa texnik nokaut evaziga g‘alabaga erishgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Dana Uayt MMA

Baholaganlar

230

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing