UFC Maxachev-Sarukyan jangini e’lon qildi

Sport

image

UFC rossiyalik Islom Maxachev va armanistonlik Arman Sarukyan o‘rtasidagi jangni tasdiqladi. 

Jang 18 yanvar kuni Los-Anjeles mezbonlik qiladigan UFC 311 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, asosiy karddan gruziyalik Merab Dvalishvili rossiyalik Umar Nurmuhammedov jangi o‘rin olgan. 

Qayd etish joiz, Maxachev va Sarukyan o‘rtasidagi birinchi jang 2019 yil aprel oyida UFC Fight Night 149 turnirida bo‘lib o‘tgan va hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan Maxachev g‘alaba qozongan. Aralash yakkakurashlarda Maxachev hisobida 26 g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor.

Umar Nurmuhammedov o‘zining so‘nggi jangini 2024 yilning avgustida o‘tkazib, amerikalik Kori Sandxagenni mag‘lub etgandi. Kichik Nurmuhammedov MMA'da 18 ta jangda 18 ta g‘alabaga erishgan. Dvalishvili esa 2024 yil sentyabrida hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan amerikalik Shon O'Mellini mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Maxachev Arman Tsarukyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing