UFC'ga raqobatdosh promoushen faoliyatini yakunlamoqda
Sport
−
12:34
928Aralash yakka kurashlar olamida ayni damga kelib UFC'dan keyingi o‘rinni egallab kelayotgan Bellator 25 yanvar kuni faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 25 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan “Dubai Series” musobaqasi promoushen faoliyatidagi oxirgi turnir bo‘ladi. Bundan buyog‘iga musobaqalar PFL nomi ostida o‘tkaziladi.
Ma’lumot o‘rnida, Bellator 2008 yilda Born Rebni tomonidan tashkil etilgan. 2023 yilda esa PFL rahbari Bellator'ni sotib olgandi. Endilikda birlashgan tizim “PFL Champions Series” turnirlarini o‘tkazadi.
25 yanvar kungi musobaqa markaziy jangida yengil vazn toifasi chempioni dog‘istonlik Usmon Nurmuhammedov irlandiyalik Pol Xyuzga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Shuningdek, ushbu kechada o‘zbekistonlik jangchi Mirafzal Axtamov angliyalik Mayk Tompsonga qarshi oktagonga chiqadi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar