UFC'da nega o‘zbek sportchilari kam? Ro‘ziboyev javob berdi
Sport
−
26 iyul 2023
8491O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev nega o‘zbek jangchilarining UFC bilan shartnoma tuzishi qiyin bo‘layotganini aytib o‘tdi.
So‘nggi yillarda promoushenda qo‘shni tojikistonlik sportchilar ham ko‘payib boryapti, biroq hozirga kelib UFC'da atigi 3 nafar O‘zbekiston vakili faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonlik sportchilardan Bogdan Guskov yaqindagina tashkilot bilan shartnoma imzoladi va u hali UFC'da jang o‘tkazib ulgurgani ham yo‘q.
“Viza bilan bog‘liq muammolar borligi sababli o‘zbekistonlik sportchilarning UFC'ga o‘tishi qiyin kechmoqda. Agar sportchilarimiz Amerikaga borib, tashkilotda hech bo‘lmasa zaxira jangchisi bo‘lib turishsa, promoushen ularga tez orada jang beradi. Ko‘p tojikistonlik sportchilar Amerikada yurib, UFC'ga qo‘shilib oldi. Bizda ham yaxshi ko‘rsatkichga ega jangchilar bor, lekin ularda Amerikaga viza yo‘q” deydi Ro‘ziboyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ro‘ziboyev 30 iyul kuni Toshkentda o‘tkaziladigan boks oqshomida jang o‘tkazmasligi xabar qilingandi. O‘sha kuni poytaxtda professional boks oqshomi tashkil etiladi, biroq Ro‘ziboyev UFC bilan shartnomasi borligi sababli o‘z yurtida o‘tadigan turnirda ishtirok etmaydi.
LiveBarchasi