UFC 311 markaziy jangi ishtirokchilari jang oldi sterdaunda qatnashdi (video)

Sport

image

Bugun, 17 yanvar tongida AQSHning Los-Anjeles shahrida UFC 311 turniri asosiy jangi qatnashchilari jang oldi “face-to-face” marosimida ishtirok etdi.

“Nigohlar to‘qnashuvi”da dastlab eng yengil vazn toifasi vakillari chempion Merab Dvalishvili va da’vogar Umar Nurmuhammedov sahnaga taklif etildi. Har ikki jangchi marosimni sokin o‘tkazdi. Keyin markaziy jang ishtirokchilari yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev va da’vogar Arman Sarukyan taklif etildi. Bu ikki raqib ham sterdaunda ortiqcha harakatlar bilan ajralib turmadi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yanvarga o‘tar kechasi AQSHning Los-Anjeles shahrida 2025 yilning ilk raqamli turniri UFC 311 bo‘lib o‘tadi. 

Musobaqada eng yengil vazn toifasi chempioni Merab Dvalishvili da’vogar Umar Nurmuhammedovga qarshi, yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev esa da’vogar Arman Sraukyanga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Shuningdek, asosiy karddan yarim og‘ir vazn toifasi ikki sobiq chemioni Irji Proxazka va Jamal Xill jangi o‘rin olgan. Ushbu turnirda o‘zbekistonlik Bogdan Guskov Billi Elekanaga qarshi oktagonga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Maxachev Arman Tsarukyan Umar Nurmuhammedov Merab Dvalishvili UFC 311

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing