Habibning jiyani döstlari bilan sobiq UFC çempionini döpposladi (video)
Sport
−
11:18 684 1 daqiqa
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov va uning döstlari Abu-Dabida sobiq UFC çempioni Merab Dvalişvilini döpposladi. Bu haqda gruziyalik jangçi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
“Mehmonxona foyesida RAF uçun intervyu berayotgan edim. Şu payt Usmon va uning döstlari orqamdan kelib, men va yoş döstimni kaltaklay boşlaşdi. Xavfsizlik xizmati aralaşdi. Ular bizni yiqitganidan keyin ham tepişda davom etişdi”, deb yozdi Dvalişvili.
Ma’lumotlarga köra, keyinçalik janjalning barça iştirokçilari Abu-Dabida hibsga olingan.
Ma’lumot uçun, 2025 yil yanvar oyida Dvalişvili Usmon Nurmagomedovning ukasi Umar Nurmagomedov bilan jang qilib, ğalaba qozongan va çempionlik kamarini himoya qilgan edi. Hozirda uşbu kamar rossiyalik Pyotr Yanga tegişli. Dvalişvili sönggi ikki jangini aynan unga qarşi ötkazib, har ikkisida ham mağlub bölgan.
Live
Barchasi