UFC 271. “Yirtqich” chempionlikni saqlab qoldi

Sport

image

Bugun, 23 yanvar kuni AQSHning Anaxaym shahrida (Kaliforniya) UFC 270 turniri bo‘lib o‘tdi va undi super og‘ir vazn toifasi chempironi Fransis Ngannu (17-3) chempionlik kamarini saqlab qoldi.

Vaqtinchalik chempion Siril Ganga (10-1) qarshi besh raund davom etgan jangda Ngannu hakamlar qarori bilan g‘alaba qozondi. Gan shu tariqa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Ahamiyatli tomoni shundaki, kamerunlik “yirtqich” hech qachon kurash elementlari bilan jang olib bormagan va shu uslub bilan sobiq jamoadoshini taslim eta oldi va chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi.

“Co-main event” bellashuvida eng yengil vazn toifasidagi chempioni meksikalik Brendon Moreno (19-6) braziliyalik Deyvison Figeyredoga (21-2) qarshi trilogiyada ishtirok etdi. To‘liq besh raund davom etgan bahsda Figeyredo g‘alaba qozondi va chempionlik kamarini qaytarib oldi. Katta ehtimol bilan Figeyredo va Moreno o‘rtasida to‘rtinchi duyel tashkil etiladi.

Turnirning asosiy kardi doirasida super yengil vazn toifasi vakili rossiyalik Said Nurmuhamedov (15-2) amerikalik Kodi Stamanni (19-5) 1-raunddayoq bo‘qish uslubi bilan mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz, UFC 271 turniri joriy yilning 14 fevral kuni o‘tkaziladi. Markaziy bahs o‘rta vazn toifasi chempionligi uchun Israyel Adesanya va Robert Uittaker o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ngannu Gan UFC 270 Figeyredo Moreno Said Nurmuhamedov

Baholaganlar

344

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing