UFC 267 turnirining bonus sohiblari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

UFC tashkiloti Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da yakunlangan UFC 267 turnirining bonus sohiblarini e’lon qildi.

Petr Yan va Kori Sendxagen o‘rtasidagi bahs oqshomning eng yaxshi jangi sifatida e’tirof etildi va har ikki sportchi 50 ming AQSH dollari miqdorida mukofotlandi. Bellashuv to‘liq 5 raund davom etdi. Unda hakamlar bir ovozdvn Yanning g‘alabasini qayd etishdi. Rossiyalik jangchi yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempion unvonini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Hamzat Chimayev va Glover Teysheyra turnirdagi eng yaxshi chiqishlari uchun 50 ming dollardan “ishlab olishdi”. Chimayev birinchi raundda Li Jinliangni bo‘g‘ib qo‘ydi. 42 yoshli Teysheyra esa ikkinchi raundda chempion Yan Blaxovichni bo‘g‘ish uslubi lan mag‘lub etdi va yengil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik Islam Maxachev Yangi Zelandiya vakili Den Xukerni, uning jamoadoshi Zubayra Tuxugov esa erta prelimning markaziy jangida braziliyalik Rikardo Ramosni mag‘lubiyatga uchratdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Islam Maxachev Yan Blaxovich Petr Yan Glover Teysheyra Kori Senxagen Xamzat Chimaev

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing