O‘FA muxlislardan O‘zbekiston-Qatar o‘yiniga maksimal ertaroq kelishni so‘radi

Sport

image

Ertaga, 10 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashining so‘nggi uchrashuvida Qatarga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yinga chiptasi bor muxlislardan maksimal ertaroq stadionga kelish so‘ralmoqda. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu haqda murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, mazkur o‘yin oldidan Jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etiladi. Shu sababli mazkur uchrashuvga chipta olgan barcha ishqibozlardan stadionga maksimal ertaroq kelib, o‘z joylarini egallashlari so‘raladi. Stadion muxlislar uchun uchrashuv boshlanishidan 3 soat oldin (15:45) da ochiladi.

“O‘yin tugagach, tarixiy natija qayd etib, xalqimizni xursand qilgan milliy terma jamoamiz a’zolarini taqdirlash marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur bahs munosabati bilan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qatar O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Jahon chempionati Bunyodkor stadioni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing