O‘zbekiston-Qatar o‘yini munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 10 iyun kuni O‘zbekiston va Qatar milliy terma jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichining navbatdagi o‘yini o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 16:00 dan tadbir to‘liq tugagunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi:

  • Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Cho‘ponota - Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor - Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KXAYdan Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Shuningdek, tadbir davrida quyida keltirilgan ko‘chalarda harakat vaqti-vaqti bilan qisman cheklanadi:

  • Alisher Navoiy-Furqat ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Sebzor-Ganga ko‘prigidan Furqat ko‘chasi tunnelga tushishdan cheklanadi;
  • Zarqaynar ko‘chasi tunnelga tushish cheklanadi;
  • Bunyodkor ko‘chasi Kamolon ko‘prik ostidan cheklanadi;
  • Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali asosiy yo‘lga chiqish Ozarboyjon elchixonasi asosiy yo‘lga chiqishdan cheklanadi;
  • Qatortol-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Chilonzor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Bunyodkor-KXAY ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Bunyodkor 2-darajali yo‘li-Qatortol ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Chilonzor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Bunyodkor-Gavhar ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • TXAY-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Erkin YPX maskanidan og‘ir yuk mashinalari cheklanadi;
  • Cho‘pon ota-Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Qatar o‘yini O‘zbekiston MTJ uchun JCH-2026 saralashi doirasidagi so‘nggi bahs bo‘lib, “oq bo‘rilar” allaqachon ushbu nufuzli musobaqa yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan. O‘yin ertaga, 10 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 18:45 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent O'zbekiston-Qatar Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing