O‘FA Kannavaro bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha bayonot berdi

Sport

image

Bugun, 4 oktyabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Fabio Kannavaro bilan bog‘liq voqealar yuzasidan muhim bayonot bilan chiqdi.

“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bu borada barcha yo‘nalishlarda tizimli ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, xalqaro tajribaga ega va Jahon chempionatida ishtirok etgan mutaxassislarni terma jamoaga taklif etish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom etmoqda. Xususan, O‘FA rahbariyati bu borada yaqin o‘tmishning yorqin yulduzlaridan biri, Jahon chempionati g‘olibi, 2006 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan muzokaralar olib bormoqda” deyiladi rasmiy bayonotda.

Qayd etish joiz, hozirda mazkur holat bo‘yicha turli xabarlar va insaydlar paydo bo‘lmoqda. Biroq bular orasida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar ham bor. O‘FA muxlislardan shunga o‘xshash norasmiy xabarlarga ishonib qolmaslikni so‘radi.

“Muzokaralar bo‘yicha batafsil va rasmiy xabarlar O‘FA sahifalarida e’lon qilinadi. OAV vakillaridan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan norasmiy va asossiz xabarlarga tayanmasliklarini so‘raymiz”, deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoa murabbiyligi masalasi bo‘yicha Fabio Kannavaro bilan og‘zaki kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi. Xalqaro nashrlar esa 52 yoshli mutaxassisning maoshi murabbiylik xarajatlarini hisobga olgan holda yiliga taxminan 4 million yevroni tashkil etishini yozdi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'FA bayonot Kannavaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing