“Kiyev urushda yutqazadi”. Polshalik professor keskin bayonot bilan chiqdi

Olam

image

Polshaning Varshava universiteti professori Adam Velomskiy Kiyev Rossiya bilan darhol muzokaralarni boshlashi kerakligini aytdi. Uning fikricha, Ukrainaning safarbarlik imkoniyatlari “chegaraga yaqinlashgan” va mamlakatning imkoniyatlari tez orada tugashi mumkin. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Kiyev bu urushda g‘alaba qila olmaydi. Shuning uchun muzokara stoliga o‘tirib, urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishishimiz kerak. Aks holda, demografik jihatdan holdan toygan Ukraina oxir-oqibat qulaydi”, deb yozgan professor.

Velomskiyning so‘zlariga ko‘ra, vaqt Moskva tomonida. Ukraina urushni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan safarbarlik zaxiralarini tugatib bormoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa avvalroq Moskva Ukrainadagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilishdan voz kechmaganini bildirgan. Uning aytishicha, Rossiya ikki tomonlama, shuningdek, AQSH ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarga tayyor.

Lavrovning ma’lum qilishicha, avvalgi muzokara jarayonlari Rossiya tashabbusi bilan to‘xtatilmagan. U Moskva konstruktiv takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini aytgan.

Shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Rossiya bilan energetika va g‘alla masalalarida murosa qilishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq italiyalik siyosatshunos Alessandro Orsini ham Ukraina urushda yutqazayotganini aytgan edi. Uning qayd etishicha, Ukraina Qurolli kuchlarida shaxsiy tarkib yetishmovchiligi yuzaga kelgan. Shuningdek, mamlakatdagi havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan bog‘liq vaziyat mojaro boshlanganidan beri eng yomon holatga kelgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing