O‘FA 350 ming AQSH dollarini “uxlatgani” aytilayotgan hisobchi bo‘yicha munosabat bildirdi
Sport
−
19 fevral
12879Avvalroq, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) buxgalteri 350 ming AQSH dollarini o‘zlashtirib, qochib ketgani aytilayotgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan O‘FA o‘z sahifasida munosabat bildirdi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi joriy yilning 19 fevral kuni ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma’lumotlar bo‘yicha quyidagilarni bildirdi:
“O‘FA tomonidan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. OAV vakillaridan tekshirilmagan va hali tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. O‘rganish ishlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilgach, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi manba xabarida.