O‘FA hisobchisi 350 ming AQSH dollarini “uxlatgani” aytilmoqda. Rasmiylar hozircha jim
Sport
−
19 fevral 2024 8944 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) buxgalteri 350 ming AQSH dollarini o‘zlashtirib, qochib ketgani aytilmoqda.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov bu haqdagi ma’lumotga ega emasligini bildirdi.
Holat yuzasidan O‘FA ham hali rasmiy izoh bergani yo‘q.
Tarmoqqa sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘FA buxgalteri 350 ming AQSH dollarini (taxminan 4 milliard so‘m) o‘zlashtirib Turkiyaga uchib ketgan va hisobchiga qarshi ish ham ochilgan.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust