UEFA “Real”, “Barselona” va “Yuventus”ga qarshi sud jarayonini boshladi

Sport

image

Yevropa Superligasidan bosh tortmagan Ispaniyaning “Real”, “Barselona” va Italiyaning “Yuventus” klublari UEFA qonunini buzganlikda ayblanmoqda. 

UEFA Prezidenti Aleksandr Cheferin o‘tgan oy klublarni “Agar jamoalar Superligada ishtirok etsa, demak ular Chempionlar Ligasida o‘ynamaydi”, deb ogohlantirgandi.

To‘qqizta klub – “Milan”, “Inter”, “Atletiko”, “Arsenal”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Tottenxem”, shuningdek Chempionlar Ligasi finalchilari “Chelsi” va “Manchester Siti” Superligadan voz kechishdi, lekin qolgan 3 ta klub “Real”, “Barselona” va “Yuventus” yangi musobaqada qolishni istagan.

UEFA nizomida futbol jamoalari uning ruxsatisiz yoki nazoratidan tashqarida tashkil etiladigan ligalarda qatnashishi mumkin emas. Shunga ko‘ra, bu uch jamoaga nisbatan hozirda intizomiy ish ochilgan va yaqin orada sudda ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 26 avgust kuni bo‘lib o‘tadi va o‘yinlar 14 sentyabrdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropaning TOP-12 futbol klubi yangi chempionat – Yevropa Superligasi tashkil qilgandi. Ammo bu yangi musobaqa futbol olamida jiddiy qarshilikka uchradi.

Superligada o‘yinlar haftaning o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Shu bois, bu ichki chempionat o‘yinlariga xalaqit qilmasligi, birinchi mavsum oldidan yana uch jamoa asoschi klublar safiga qo‘shilishi va chempionat yaqin vaqtlar ichida start olishi kutilayotgan edi.

Superliganing rahbari vazifasini Madridning “Real”klubi  prezidenti Florentino Peres bajarishi, vitse-prezidentlar esa Andrea Anelli (Yuventus) va Joel Gleyzer (Manchester Yunayted) bo‘lishiga kelishib olingan.

Shundan buyon UEFA bu turnirga qat’iy qarshilik qilib kelyapti. Sababi, yangi musobaqa amaldagi Yevropa Chempionlar ligasi turniri uchun juda katta zarba bo‘ladi. Tashkilot Superliga ishtirokchilarini jiddiy sanksiyalar va sud ishlari bilan ogohlantirib kelmoqda. Jumladan, Superligada o‘ynaydigan klub o‘z milliy futbol birinchiligida o‘ynay olmaydi. Hatto bu klublar futbolchilari terma jamoalar o‘rtasidagi musobaqalardan ham chetlatilishi aytilmoqda. Superliganing boshida turganlar esa UEFA’dan iloji boricha manfaatli taklif bo‘lmaguncha ortga chekinmoqchi emas.

Mohinur Mamatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UEFA

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing