UEFA “Manchester Siti” - “Real” o‘yini taxminiy tarkiblarini e’lon qildi

Sport

image

UEFA o‘z talqini bo‘yicha bugungi Chempionlar ligasi pley-offi doirasida "Manchester Siti" – "Real" o‘yini oldidan taxminiy tarkibni e’lon qildi. 

Manbaga ko‘ra, bugungi o‘yin uchun taxminiy tarkibda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibdan o‘rin olmagan. 

“Manchester Siti”: Ederson, Nunes, Akandji, Diash, Gvardiol, Kovachich, Savino, De Breyne, Foden, Bernardu, Xoland.

“Real Madrid”: Kurtua, Vaskes, Asensio, Tchuameni, Mendi, Kamavinga, Modrich, Rodrigo, Bellingem, Vinisius Junior, Mbappe.

Ma’lumot o‘rnida, Chempionlar ligasi o‘tish bahsining ilk uchrashuvidan o‘rin olgan “Manchester Siti” - “Real Madrid” o‘yini Toshkent vaqti bilan 12 fevralga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, bir nechta mashhur nashrlar ham bugungi o‘yin uchun taxminiy tarkiblarni e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing