UEFA koronavirus tarqatganlikda ayblanmoqda
Sport
−
12 aprel 2020
10084Sloveniya Bosh vaziri Yanez Yansha UEFA prezidenti Aleksandr Cheferinni Yevropada koronavirus tarqalishida ayblamoqda. Boisi Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi o‘yinlari juda kech to‘xtatilganini sabab qilib ko‘rsatmoqda. Bu haqda "BaigeNews" xabar tarqatdi.
"Bu mas’uliyatsiz ish bo‘ldi va jinoiy qaror qabul qilindi. Yevropa Chempionlar ligasi doirasida Milandagi "San-Siro" stadionida o‘tkazilgan "Atalanta" va "Valensiya" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv "biologik bomba" bo‘ldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ogohlantirishi Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasini to‘xtatish uchun UEFA`ga yetarli bo‘lmadi. Bu esa ularning faqat pul haqida qayg‘urayotganidan dalolat beradi", deya izoh berdi Yanshu.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 19 fevral kuni Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida "Atalanta" o‘z uyida Ispaniyaning "Valensiya" jamoasini qabul qilgan va yirik hisobda g‘alaba qozongandi. Ushbu uchrashuv Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan.
Koronavirus sabab joriy yilning 13 mart kuni Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirilgani haqida UEFA ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari Yevrokubok uchrashuvlarining barchasi yopiq eshiklar ortida o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda koronavirusga chalinganlar 1 784 335 nafarni tashkil etmoqda. 108 962 kishi ushbu virus tufayli vafot etgan. 405 043 nafar inson koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi