UEFA Infantinoni ag‘darish uchun ish boshladi

Sport

image

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoga nisbatan ishonchsizlik bildirish tashabbusi bilan uni lavozimidan chetlatmoqchi. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, UEFA’ga a’zo bo‘lgan barcha 55 milliy assotsiatsiya, agar Infantino o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqmasa, uni ishonchsizlik votumi orqali lavozimidan chetlatish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Qayd etilishicha, bunday ovoz berish jarayonini boshlash uchun UEFA’ning kamida 43 a’zosining roziligi yetarli hisoblanadi.

Shuningdek, nashrning yozishicha, UEFA Infantinoni obro‘sizlantirish bo‘yicha alohida rejani ham muhokama qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, FIFA’ning sobiq prezidenti Zepp Blatter bilan bog‘liq korrupsiya mojarolari davrida Infantino UEFA’ni FIFA’dan ajratib chiqish va muqobil xalqaro futbol tashkilotini tuzish g‘oyasini yashirincha ishlab chiqqan.

Ayni vaqtda esa UEFA xuddi shunday yondashuvni Infantinoning o‘ziga nisbatan qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janni Infantinoning o‘rniga muqobil variant sifatida ko‘rilayotgan “Pari Sen-Jermen” klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi FIFA prezidentligi uchun o‘z nomzodini qo‘yish niyatida emasligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing