UEFA “bolg‘achilar”ni jazoladi

Sport

image

UEFA tashkiloti Londonning “Vest Xem” klubi Belgiyaning “Genk” jamoasiga qarshi kechgan Yevropa ligasi guruh bosqichi 4-tur uchrashuvida muxlislari tartibsizlik uyushtirgani uchun jazolanishi haqida bayonot berdi.
 
Devid Moyes shogirdlari joriy yilning 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, 34,5 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi, shuningdek, Yevropa ligasining navbatdagi o‘yiniga “bolg‘achilar” muxlislari bora olmaydi.

Klub zudlik bilan UEFA’dan aniqlik kiritishni talab qilmoqda. Chunki “Rapid”ga qarshi bahs uchun chiptalar sotib bo‘lingan.

“Biz ushbu sanksiyalardan hayratdamiz. Klub UEFA’dan ushbu sanksiyalar bo‘yicha to‘liq yozma tushuntirish berishni so‘radi va keyingi kechikish muxlislarga yana ta’sir qilishi mumkinligini hisobga olib, uni tezlashtirish qo‘shimcha qilindi. Va nihoyat, bahs uchun sotilgan 1700 ta chiptani sotib olgan muxlislarni ishontirib aytmoqchimizki, agar tashkiot sanksiyalar to‘g‘risida qaror qabul qilsa, va u Avstriyada bo‘lib o‘tadigan o‘yinga dahldor bo‘lsa, harajatlar to‘liqligicha to‘lab beriladi”, deyiladi klubning rasmiy bayonotda.

Ma’lumot uchun, “Rapid” – “Vest Xem” uchrashuvi joriy yilning 25 noyabr kuni Vena shahridagi “Allians” stadionida bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Evropa ligasi UEFA Vest Xem Devid Moyes Genk Rapid

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing