UEFA “Barselona”ni jarimaga tortdi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) “Barselona”ni yarim million yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda tashkilot Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Klublarni moliyaviy nazorat qilish bo‘yicha instansiya (CFCB) 2022 yilgi hisobotlarni noto‘g‘ri aks ettirgani uchun klubni jazolagan. Ishda nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan foyda (transferlardan tashqari) ko‘rsatilgan, bu qoidalarga muvofiq tegishli daromad emas. Shuningdek, hisobotlardagi xatolar uchun Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi ham 300 ming yevro jarimaga tortilgan.

Ma’lumot uchun, 2022/2023 yilgi mavsumda “Barselona” Ispaniya chempionatida g‘alaba qozondi va keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun litsenziyani qo‘lga kiritdi. Bu bilan jamoa o‘z tarixida 27-marta La Liga g‘olibiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol UEFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing