Endi Koreyada samolyotni robotlar boshqarishi mumkin
Texnologiya
−
23 avgust 2023
3680Koreya fan va texnologiya instituti muhandislari va tadqiqotchilaridan iborat guruh samolyotni boshqarishga qodir odamsimon robotni yaratmoqda. Bu haqda “Ridus” nashri xabar berdi.
PIBOT nomini olgan robot xuddi odam kabi samolyot rulini muvaffaqiyatli boshqara oladi, bortdagi barcha murvat va tugmalarni, funksiyalarni tushunadi. Hatto samolyotda tebranish juda ko‘p bo‘lsa ham, parvoz uskunalarini mohirlik bilan nazorat qilishi mumkin.
PIBOT`ning ajoyib yutuqlaridan biri taqdim etilgan murakkab qo‘llanmalarni yodlash qobiliyatidir. Bu orqali u qisqa vaqt ichida istalgan samolyotning boshqarish tizimini o‘zlashtira oladi. Robot uchuvchining xotirasi shunchalik kuchliki, u butun dunyo bo‘ylab Jeppesen aeronavtika jadvallarini yodlab oladi, bu esa inson uchuvchilari uchun imkonsizdir.
Robot ustida ishlar hali ham olib borilmoqda. Institutga Janubiy Koreyaning Mudofaa texnologiyalarini rivojlantirish agentligi tomonidan topshirilgan ushbu loyiha 2026 yilda butunlay tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Isroilning “Kitchen Robotics” kompaniyasi soatiga 75 ta idishda ovqat ishlab chiqarish quvvatiga ega robotni yaratdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr