Uchtepada ikkita uy yonib ketdi
Jamiyat
−
14 iyun 2019
3620Toshkent shahar Uchtepa tumanida birdaniga ikkita uy yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
12 iyun kuni soat 18:18 da Toshkent shahar YOXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Uchtepa tumani Cho‘ponota mahallasi Qo‘shilish 2-berk ko‘chasi 6 va 8-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar tushgan.
Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 3 daqiqada yetib borganida imoratlarning asosiy tom qurilish konstruksiyalari yonayotgani ma’lum bo‘lgan. Yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida alanga bartaraf etilib, uylarning 500 kv metr maydoni saqlab qolingan.
Yong‘inda fuqarolarning tan jarohati olishlariga va halok bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmagan. Yong‘in oqibatida 6-uyning 50 kv.metr maydonda va 8-uyning 60 kv metr maydonda tom qurilish konstruksiyalari yonib zararlangan. Yong‘inning tahminiy sababi 8-uydagi elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi