Yana yong‘in: “Pojarniy”ning suvi tugab qoldi”

3-sahifa

Reklama
0:00

Bugun, 6 avgust kuni Zangiatadagi Izza bozori yaqinidagi bir qancha do‘konlarda yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Uning tafsilotlarini o‘rganish maqsadida QALAMPIR.UZ jamoasi voqea joyiga bordi.

“Yong‘in taxminan soat 12:50 larda boshlandi. Bu yerda asosan telefon aksessuarlari sotiladigan do‘konlar bor edi. Yong‘in chiqqan hududda, shuningdek, suvenir do‘konlari ham bo‘lgan. Ular  tez yonuvchan mahsulotlar bo‘lganligi  sababli olov qisqa fursatda keng maydonga tarqalgan”, dedi guvohlardan biri.

Ma’lum qilinishicha, soat 12:29 da Toshkent viloyati Zangiota tumani  Tokzor” mahallasida joylashgan do‘konlardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga qutqaruv ekipajlari zudlik bilan yetib borib, yong‘in soat 14:09 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida do‘konlarning 400 kvadrat metr maydoni to‘liq yonib ketgan. Shuncha maydonni qamrab olgan yong‘in nimadan chiqqani hozircha nomalum.  Guvohlarning aytishicha 8 ta tadbirkor yong‘indan katta miqdorda moddiy zarar ko‘rgan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing