Uchtepa tumaniga yangi hokim va sektorlarga yangi rahbarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Hokimligi Matbuot xizmati Uchtepa tumanining to‘rtta sektoriga yangi rahbarlar tayinlanganini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu paytgacha 35-Tuzel saylov okrugi deputati, kommunal xujalik va atrof muxitni muxofaza kilish masalalari buyicha doimiy raisi vazifasida ishlab kelgan Abdullayev Farhod Ravshanovich Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi etib tayinlangan.

Shuningdek, ayni paytga qadar Toshkent viloyati Angren shahri davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i bo‘lib kelgan Ashirmatov Rustam Mahmudjanovich Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasiga kirishgan.

Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan Azimov Jobir Odilovich endilikda Uchtepa tumani prokurori hisoblanadi.

2018-2019 yillarda Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallab kelgan Ahmedov Sayfullo Negmatovich Uchtepa tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Uchtepa tumani

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing