Uchko‘prik tumani hokimi ishdan olindi

Jamiyat

image

Uchko‘prik tumani hokimi lavozimida 2022 yil may oyidan buyon faoliyat yuritayotgan Abrorjon Asqarov ishdan olindi. Bugun, 15 fevral kuni Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani kengashi shu haqdagi tegishli qarorini e’lon qildi.

Mazkur hujjatga asosan hokimni ishdan olish bo‘yicha Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning tegishli qarori tasdiqlangan. 

Ma’lumot uchun, Abrorjon Asqarov 1984 yil Buvayda tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. 2004 yildan bank-moliya tizimida mehnat qilib kelgan, 2018–2019 yillarda "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki Farg‘ona viloyati filiali boshlig‘i, 2019 yildan Uchko‘prik tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, olinroq Sirdaryo viloyatining Guliston shahar hokimi To‘lqinjon To‘lanovich Dadaboyev lavozimidan ozod etilgan, uning vazifasini vaqtincha bajarish shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘ayrat Ahmadovich Botirov zimmasiga yuklatilgandi. 

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Uchko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made