Farg‘onada 37 kishi fast-fuddan zaharlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida ovqatdan zaharlanishda gumon qilingan fuqarolar shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 17-18 sentyabr kunlari Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Dastlabki epidemiologik surishtiruv jarayonida murojaat qilgan fuqarolar Uchko‘prik tumani Navro‘zshoh ko‘chasida joylashgan fast-fud mahsulotlari tayyorlaydigan shoxobchalardan birida xot-dog va non-burger kabi mahsulotlarni iste’mol qilgani aniqlangan.

Shifokorlar tomonidan bemorlarda ovqatdan zaharlanish holatiga gumon qilingan. Bugun, 18 sentyabr kuni soat 17:00 holatiga jami 37 nafar fuqaro tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ularning 31 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda bemorlarga malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Gumondagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda bemorlardan tekshiruv o‘tkazish uchun tegishli namunalar olingan va tegishli laboratoriyalarda tekshirilmoqda.

Tadbirkorlik sub’ektining faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtinchalik to‘xtatilgan. Holat bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing