$210 ming evaziga Uchko‘prik hokimi kursisini va’da qilgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida fuqaroni 210 ming AQSH dollari evaziga Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro S. A. fuqaro I. D. ning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston Respublikasi hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

U yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari borligini aytib, I. D. ni 210 ming AQSH dollari evaziga Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishini va’da qilgan. Kelishilgan pulning 100 ming AQSH dollarini olgan vaqtida S. A. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bildirilishicha, hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Nurota tumanida fuqaroni hamshiralik lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan tibbiyot xodimi 1,5 ming dollar olgan vaqtida ushlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing