Farg‘onada bir guruh yigitlar 14 yoshli qizni zo‘rladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida bir guruh yigitlar 14 yoshli qizni zo‘rlagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi. 

Uning bildirishicha, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holati yuzasidan Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumon qilinuvchi shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksining ning 221-moddasi tartibida ushlanib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani holat yuzasidan o‘z kuzatuvini olib borgan holda ta’kidlashicha, mazkur jinoyat ishiga tegishli holatlarni batafsil ochiqlash bola manfaatiga zid bo‘lib, bolaga oid ma’lumotlar OAVda keng tarqalishi jabrlanuvchi-bolaning huquqlariga zarar yetkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf o‘quvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona zo'rlash nomusga tegish Uchko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing