Uchqun Quronboyev Paralimpiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan 2024 yilgi Parij yozgi Paralimpiada o‘yinlarining para dzyudo bahslarida o‘zbekistonlik Uchqun Quronboyev bronza medal uchun tatamiga chiqdi.

Erkaklar o‘rtasida J2 klassida -73 kg vazn toifasida bahs olib borgan Quronboyev bronza medal uchun kechgan bellashuvda Kim Dongunga qarshi kurash olib bordi va delegatsiya hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

Shu tariqa, delegatsiya hisobidagi medallar hozirgacha 9 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi. Delegatsiya jami 22 ta medal bilan umumjamoa hisobida 12-o‘rinni band qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Paralimpiada o‘yinlarining para dzyudo bahslarida o‘zbekistonlik Kumush Xo‘jayeva J2 klassida -57 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiada Uchqun Quronboev para dzyudo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing