Uchquduqqa yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
27 avgust
6306Uchqun Fayzullayevich Yelmuratov Navoiy viloyati Uchquduq tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tayinlovga qadar Uchqun Yelmuratov “Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Uchqun Yelmuratov 1986 yilda Konimex tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2007 yilda Toshkent moliya institutini hamda 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy biznes maktabini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘i bilan Jahongir Sobitaliyevich Jumanov Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani haqda ma’lum qilingandi.