Uchinchi jahon urushi yadroviy va halokatli bo‘ladi – Lavrov

Olam

image

Uchinchi jahon urushi, agar u sodir bo‘lsa, yadroviy va halokatli bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Aljazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.  

“Uchinchi jahon urushi halokatli yadro urushi bo‘ladi”, deydi vazir. 

Uning qayd etishicha, Rossiyaning maxsus harbiy amaliyoti Ukrainani qurolsizlantirishga qaratilgan.

"Ukrainadagi, jumladan Kiyevdagi harbiy amaliyot Ukrainani qurolsizlantirishga qaratilgan.  Rossiya Ukrainaning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi", degan Lavrov. 

Lavrov Rossiya Federatsiyasi sanksiyalarga tayyor ekanini, biroq ularning sportchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlariga ta’sir qilganidan hayratda ekanini aytgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni AQSH buyrug‘i bilan muzokaralarni cho‘zmoqda.

Eslatib o‘tamiz,  avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferensiyasida so‘zlagan nutqida Kiyev xavfsizlik kafolatlari evaziga yadroviy quroldan voz kechishni nazarda tutuvchi Budapesht memorandumi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini tan olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Lavrov Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1048

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing