Uch viloyatda tashkilot xizmatchilari pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida pora evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, departament o‘tkazgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi “D.K.” AJ qo‘riqchisi M.A., S.U. va Yo.I.dan 2 500 AQSH dollari evaziga ushbu korxonaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, pulni olganida ushlangan.

Yana bir holatda Shofirkon tuman Tibbiyot birlashmasi bo‘lim hisobchisi Y.H. fuqaro S.Z.ni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga joylab qo‘yishi evaziga 700 AQSH dollarini olgan chog‘ida qo‘lga olingan.

Farg‘ona viloyatida esa “Toshloqtumangaz” gazchisi M.M. va boshqalar fuqaro A.S.ni mazkur gaz ta’minoti korxonasiga ishga joylab qo‘yishini aytgan. So‘ngra 1,7 mln so‘m va 500 AQSH dollarini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. Keyin firibgarlar olgan poraning 640 AQSH dollarini qaytargan va bu protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Chortoq tumani prokurorining katta yordamchisi pora bilan qo‘lga tushgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

pora Buxoro Qashqadaryo Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing