Uch Ukraina fuqarosi terakt uyushtirish aybi bilan qamoqqa olindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Moskvaning Lefortovo sudi Ukrainaning uch fuqarosini, ikki erkak va bir ayolni terakt tayyorlash va noqonuniy qurol saqlashda gumon qilib, hibsga oldi. Bu haqda bugun, 24 noyabr kuni TASS sud matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.  

“Moskva Lefortovo tuman sudining 2022 yil 23 noyabrdagi qaroriga ko‘ra, Akulova Yanina Petrovna, Jukovskiy Anton Nikolayevich, Sergeyev Dmitriy Sergeyevichga nisbatan ikki oyga, ya’ni 2023 yil 23 yanvargacha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi. Uchalasi ham Ukraina fuqarolari”, deyiladi sud xabarida. 

Sud matbuot xizmatining xabar berishicha, hibsga olinganlar Jinoyat kodeksining 30-moddasi 1-qismi va 20-moddaning 2-qismi “a” bandi (Uyushgan shaxslar guruhi tomonidan terrorchilik harakatini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish), 222-moddasi 4-qismi (Uyushgan guruh tomonidan noqonuniy qurol saqlash), 222.1-moddasi 4-qismi (Uyushgan guruh tomonidan portlovchi moddalarni noqonuniy saqlash) moddalari bilan gumonlanmoqda. 

Ishning boshqa tafsilotlari sudda aytilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing