Uch oyda davlat byudjetining daromadlari 23 trln so‘mni tashkil qildi
Jamiyat
−
03 may 2019 4015 1 daqiqa
Davlat byudjetining 2019 yil I chorak daromadlari 23 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga ortdi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi doirasida birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti vaqtida ma’lum qildi.
Ta’kidlash kerakki, mahalliy byudjetlar tuzilmasi o‘zgartirilishi va joylardagi hokimiyatlarning byudjet vakolatlari oshirilishi natijasida joriy yilning I choragida mahalliy byudjet tushumlari qariyb 8 trillion so‘mga bajarildi.
Mahalliy byudjetlar ixtiyorida 1,0 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘lar qoldi (misol uchun, Andijonda – 122,5 mlrd. so‘m, Qashqadaryoda – 72,6 mlrd. so‘m, Sirdaryoda – 37,3 mlrd. so‘m).
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel