Uch hududda aholi orasida yana koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
23 iyun 2020
15531Bugun, 23 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 nafarga oshib, 6535 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 5 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 3 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) qayd etilgan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 4520 (+70) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1996 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi