Uch hududda aholi orasida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
10 iyun 2020
21499Bugun, 10 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27 nafarga oshib, 4547 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 holatda esa (Toshkent shahri 1, Qashqadaryo viloyati 1, Toshkent viloyati 4) aholi orasida aniqlandi.
Ayni paytda mamlakatda 3459 nafar bemor sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmokda
Hozirda mamlakatda 1070 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi