Uch hududda 121 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 30 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 121 nafarga oshib, 41424 nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining:

•    83 nafari Toshkent shahrida;

•    30 nafari Samarqand viloyatida; 

•    8 nafari Andijon viloyatida aniqlangan. 

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli N.I. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli M.Yu. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 121 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 20 nafar, Andijon viloyatida 10 nafar, Buxoro viloyatida ham 10 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 4 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib O‘zbekistonda 38655 (+296) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatda 2456 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

223

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing