U o‘z unvonlarini qaytarib oladi – Joshuaning promouteri
Sport
−
23 dekabr 2021
3275“Matchroom boxing” promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn Entoni Joshua va WBA, WBO va IBF yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik o‘rtasidagi revansh jangi haqida fikr bildirdi.
Uning fikricha, britaniyalik bokschi xatolarini to‘g‘irlab, ikkinchi jangga puxta tayyorgarlik ko‘ra oladi.
“Joshua o‘z ishini qiladi va unvonlarini qaytarib oladi. Entoni – jangdan keyin xatolari ustida ishlaydigan yigit. U birinchi jangni million marta ko‘rdi va doimiy raqishda sport zalida ishlamoqda. Joshua ringga eng yaxshi jangchi sifatida qaytishini ma’lum qildi. “Menimcha, bularning barchasi revansh jangi uchun muhim. Biz Usik nimalarga qodirligini juda yaxshi bilamiz va uning imkoniyatlarini pasaytirmoqchi emasmiz. Men Aleksandr uslubiga o‘zgartirishlar kiritmaydi, deb aytmadim”, deydi Xirn.
Shuningdek, britaniyalik promouter bokschilarning ikkinchi jangidagi hal qiluvchi omil nima ekanini aytdi:
“Jang davomida Joshua o‘z zarbasini bera oladi, bu esa Usikka katta zarar yetkazadi. Demak, kuch va o‘lchamdagi ustunlik uzoq yo‘lni bosib o‘tadi”.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 sentyabr kuni Aleksandr Usik britaniyalik Entoni Joshuani mag‘lub etgan va super og‘ir vazn toifasida WVA (Super), IBF, WBO va IBO chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan.
Avvalroq Usik Joshua bilan revansh olishdan qochishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
LiveBarchasi