“U shunga loyiq edi”. Rossiyalik siyosatchi xotinini bo‘g‘izlaganini tan oldi
Olam
−
21 aprel
18381Kecha, 20 aprel kuni tverlik siyosatchi, sobiq deputat, "Adolatli Rossiya - Haqiqat uchun" partiyasi a’zosi Yevgeniy Nikolskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 13 yildan beri birga yashagan xotinini o‘ldirganini tan oldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
"Ha, men qildim. Inkor qilmayman va tegishli jazoga tayyorman. Lekin boshimni egmayman, yillar davomida borlig‘ingizni bergan odamingiz sizga xiyonat qilsa, bu jazosiz qolmasligi kerak. Menga nima bo‘lishining ahamiyati yo‘q", deb yozgan Nikolskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
"Baza"ning yozishicha, siyosatchi rafiqasining jasadi Yemelyanov qishlog‘idagi maktab binosi atrofidan topilgan.
"Yevgeniy Nikolskiy rashk sababli kelib chiqqan janjal chog‘ida xotinining bo‘yniga pichoq tortgan. O‘sha paytda Yekaterinaning akasi er-xotinning yonida bo‘lgan. U singlisiga yordam berishga uringan, ammo Nikolskiy bunga qarshilik qilgan", deyiladi xabarda.
Er-xotinning 11 oylik qizi qolgan. Hozir bola Yekaterinaning qarindoshlari qaramog‘ida ekani aytilmoqda.
Sobiq deputat Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) bo‘yicha 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
LiveBarchasi