“U mustaqillikni xohlayotganga o‘xshaydi!” Tramp nega Nyu-York gubernatoridan asabiylashmoqda?
Olam
−
14 aprel 2020
10505AQSH Prezidenti Donald Tramp koronavirusga qarshi kurashda Nyu-York gubernatori, demokrat Endryu Kuomoning mustaqil ish tutishiga ortiq toqat qila olmasligini ma’lum qildi.
"Kuomo har kuni, hatto soatiga qo‘ng‘iroq qilib, hamma narsani so‘rab yolvordi, masalan, yangi kasalxonalar, ko‘rpa-to‘shaklar, shamollatish mexanik moslamalari va boshqalar. Men bularning barchasini u uchun va boshqalar uchun qildim. Endi u mustaqillikni xohlayotganga o‘xshaydi! Bu amalga oshmaydi!”, deb yozgan u Twitter’dagi sahifasida.
Prezident aniq nimani nazarda tutganini ochiqlamagan. Ammo Kuomo CNN telekanaliga bergan intervyusida, shtat aholisining sog‘lig‘iga tahdid soladigan bo‘lsa, Trampning karantin cheklovlarini olib tashlash haqidagi buyrug‘iga bo‘ysunmasligini bildirgan edi.
Trump kecha, 13 aprel kuni uning ma’muriyati mamlakatda vaziyat asta-sekin me’yorga tushib borayotgani sababli pandemiya tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash rejasini allaqachon yakunlayotganini aytdi. Shu bilan birga, u rejani “tavsiyalar” deb atadi va ular gubernatorlar uchun majburiy bo‘lishi haqida gapirmadi. AQSH Konstitutsiyasiga binoan, shtat darajasidagi harakatlarga federal hukumat emas, hududiy hukumat javobgar hisoblanadi.
LiveBarchasi