U xalqparvar, g‘o‘daymagan – Mirziyoyev Bozorov haqida
Jamiyat
−
05 fevral 2021
10676Avvalroq, Farg‘onada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilayotgan faollar yig‘ilishida Xayrulla Bozorov viloyat hokimi etibi tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Xayrulla Bozorov haqida fikr bildirib, uni o‘zgarmas, xalqparvar ekanini ta’kidladi.
“Men Bozorovni 5 yilmas, 10 yilmas, 15 yildan beri bilaman. U xalqparvar, g‘o‘daymagan. Shuncha yil ishlab o‘zgarmadi, endi ham o‘zgarmaydi. Mana viloyatda 4 oy ishlab ko‘rdi, sinovinglardan o‘tdi. Muammoni yelkasiga olishni biladi.
Kecha menga 50ta masala qo‘ydi. Har safar izlanishda. Men ichimda xursand bo‘ldim, lekin bildirmadim. Chunki, rahbar muammoni qo‘yganda o‘zi uchun emas, shu xalq manfaati uchun so‘raydi. Birorta gapiga yo‘q deganim yo‘q. Albatta, loyihalar uchun pul, mablag‘ kerak. Pul topish qiyin. Ammo topib beramiz.
Viloyatda marra katta, unga erishishi shart. Men Bozorovni juda yaxshi bilaman. Chustda hokim bo‘lganida ko‘p qiyinchiliklar ko‘rgan. Unda men bosh vazir edim. Odamlarning dardini bilish, odamlarni tinglashni yaxshi biladi. Farg‘onada marra katta olingan. Uni bajarish oson emas. Sizlar Bozorov bilan ozmi-ko‘pmi ishlab ko‘rdilaring. Bugun sessiyani boshqacha o‘tkazamiz”, dedi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilishda Farg‘ona viloyatining Quva, Yozyovon va O‘zbekiston tumani hokimlari ishdan olindi. Shuningdek, bir qancha sektor rahbarlari ham egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
LiveBarchasi