Şavkat Mirziyoyev Buxorodagi Qöşmadrasa ansambliga bordi
Jamiyat
−
14:57 1023 2 daqiqa
Bugun, 3 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahridagi Qöşmadrasa ansambliga taşrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Abdullaxon madrasasi XVI asr özbek me’morçiligining nodir namunalaridan biri, 1588-1590 yillarda Buxoro xonligining Şayboniylar sulolasidan çiqqan hukmdori, buyuk sarkarda va davlat arboblaridan biri Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan.

Madrasa rejasi va içki tuzilişi murakkab muhandislik yeçimi bilan an’anaviy Buxoro madrasalaridan farq qiladi. Majmuaning boş kiriş qismi janubga qaragan bölib, u kök rangli koşin va sirli naqşlardan terilgan geometrik mozaika bilan bezatilgan.

XVI asrda madrasa Movarounnahrning eng yirik va nufuzli oliy ta’lim va ilm-fan markazlaridan biri bölgan. Bu yerda ilmi toliblarga diniy va dunyoviy fanlardan dars berilgan. Xususan, madrasada Qur’on, tafsir, hadis, fiqh, aqoid bilan bir qatorda arab tili va adabiyoti, mantiq, falsafa, matematika, geometriya, tibbiyot fanlari çuqur öqitilgan.

Ansamblning janubiy qismida 1566-1567 yillarda Abdullaxon II tomonidan öz onasi şarafiga bunyod etilgan Modarixon madrasasi joylaşgan. Madrasalar bir-biriga qarama-qarşi, bir öq çiziğida qurilgan.

Qöşmadrasa ansambli 2023-2024 yillarda qiymati 6 milliard sömlik loyiha doirasida qisman restavratsiya qilingan. Bugungi kunda mazkur ansamblga 1 million sayyoh taşrif buyurmoqda.

Davlat rahbariga Qöşmadrasa ansamblini restavratsiya qiliş rejasi taqdimot qilingan.
Prezident sayyohlar uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş yuzasidan körsatmalar bergan.
Live
Barchasi