“U irqchi bo‘lgan edi”. Cherchillning haykalini bo‘yoq bilan chaplab ketishdi
Olam
−
12 iyun 2020
5211Chexiya poytaxti Praga markazida noma’lum odamlar Buyuk Britaniya Bosh vaziri Uinston Cherchill haykalini qizil bo‘yoqlar bilan bo‘yab ketishdi. Bu haqda shahar politsiyasining matbuot kotibi Yan Ribanskiy ma’lum qildi.
Shuningdek, yodgorlikda "Irqchi bo‘lgan" va "Qoralarning hayoti muhim" yozuvlari tushirilgan. Rybanskiyning so‘zlariga ko‘ra, voqea AQSHda "politsiya zo‘ravonligi va irqchilik"ga qarshi namoyishlar bilan bog‘liq.
"Ushbu ish yuzasidan o‘zga mulkka zarar yetkazilganligi to‘g‘risida tergov boshlanadi", dedi Praga politsiyasi vakili.
Haykal joylashgan Praga-3 tumani hokimligi vakillari voqeani vandalizm, deb baholadi. Yodgorlik tuman hokimiyati hisobidan buyoqlardan tozalanadi, deb xabar berilgan.
LiveBarchasi